Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali (1)
4. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini bolaning to’g’ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi.
Tikka va to’g’ri to’g’ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o’z xatti –xarakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo’ladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning nixoyatda axamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar (m-n R.Zazzo) inson tug’ilganidan to yetuklik davrigacha bo’lgan psixik rivojining taxminan o’rtalari 3 yoshga to’g’ri keladi degan mulo’hazani beradilar.
Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o’rganish olamiga kadam qo’yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda bo’la oladi va elementar ahloq qoidalariga amal qila oladi.Kattalar bilan bo’ladigan muloqot orqali bola atrof xayot xaqida boshqa yo’nalishlarga qaraganda 10 xissa ko’proq ma`lumot oladi. Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o’z o’zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalrning yetakchi faoliyati predmetlarni o’rganish hisoblanadi. Go’daklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar narsalarga ko’proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy xarakatlantirib ko’rsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina o’z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani avvalo shu predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o’z savoliga javob olish uchun ko’pincha kattalarga «Bu nima?» degan savolni beradi.
3 yosh arafasida predmetlarning vazifalarini to’la o’zlashtirgan bolalar o’z o’yinlarida nafaqat shu predmetlardan foydalanadilar, balki ularni o’z vazifalariga ko’ra ishlatadilar ham. Predmetli faoliyat kirishishibolaning turli layoqatlari va qo’l xarakatlarini rivojlantiradi.