negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo bo‘ldi.
Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf
qilindi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning (1892-
1905) reflektor nazariyasi ruyobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining
fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarining o‘ziga xos xususiyatlari
tabiatini ochib berish imkoniyatini yaratadi.
Psixologiya fani borasidagi tadqiqotlar, kashfiyotlar hozirgi kuni yanada
kuchaytirilib samarali natijalarga erishilmoqda.
−
Psixologiyaning Fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi ko‘plab
olimlarning ilmiy adabiyot va darsliklarida bayon etilgan. Fransiyalik olim
J.Godfruaning “Chto takoe psixologiya” nomli 2-jilddan iborat kitobida antik
dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat
markazda bo‘lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida
faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli
fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari
asoslab berilgan. Psixologiyaning Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va
fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus
tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgan.
Demak, psixologiya
1879-yilda Leypsig Universitetida nemis fiziologi va psixologi
Dostları ilə paylaş: