maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi Charlz (2000-yil)
(David G. Myers
Psychology,© 2010 by Worth Publishers 48-59 betlarda).
Darhaqiqat, psixologiya sohasi har tomonlama rivojlanib borishi bilan birga
o‘ziga yarashi bu faoliyatda muammolar ham yo‘q emas. Jumladan:
kishilarning
ko‘pchilik psixolog ko‘rigiga borish lozim-desa, demak uning tomi ketibdi degan
tushunchani aytib o‘tadi. Psixologdan yordam so‘rash kerak desangiz ham “Nima
meni jinni bo‘lidi deb uylayapsanmi?” degan bir xafa bo‘luvchi yoki sizdan
chetlanish holatlari mavjud. Xalq ichida yurib “psixolog o‘zi kim?”-degan savolni
bersangiz, ko‘pchilik kishilarning fikriga “psixolog insonlarni kim ekanligini
oldindan aytib bera oladigan mutaxassis”, yoki “psixolog- ilohiy kuch egasi”,
“psixolog fol ochadi”, “psixologning uchinchi ko‘zi bor, sen ko‘rmagan narsalarni
u ko‘raoladi”, "psixolog barcha muammolarni hal qila oladi”
-degan fikrlarni
eshitamiz. Aslida psixolog ma’lum manoda biron bir insonni u yoki bu vaziyatda
qanday ish tutishi mumkinligini analiz qila oladi. Ammo bu undan yuksak
profesionallikni talab qiladi. Psixolog shaxsning hususiyatlarini,
uning harakteri,
temperamenti, mavjud vaziyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib olishi lozim.
Psixolog pedagogik jamoada o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro
ishonch, simpatiya mavjud bo‘lgandagina o‘zi hoxlagan maqsadlarga erishish
mumkin.
Psixologga murojat qilish bu ojizlik belgisi emas. Psixolog sog‘lom insonlar
bilan ishlashini esa yuqorida oydinlashtirib oldik. Lekin vaqti vaqti bilan har qanday
inson ham atrofdan ko‘rsatiladigan yordam, uni qo‘llab
quvvatlashlariga muhtoj
bo‘lib qoladi. Bizning insonlar bunday vaqtlarda odatda psixologlarga emas, balki
yaqin do‘stlariga, qarindoshlariga murojat qiladilar. Psixolog o‘z kasbini majburiy
qo‘llay olmaydi. Tashabbusni konsultatsiyaga kelgan va bunga ehtiyoj sezgan
mijozlarga ko‘rsatib boradi.
(Djeyms U, Kalat. Psychology 7 bet)
Psixolog bugungi kuni inson faoliyatining barcha yo‘nalishlarida zarur psixologik
xizmatini yuritish lozim. Har bir shaxsning o‘z muammolarini hal etishida, ta’lim
sifatini oshirishda, inson salomatligini yaxshilashda
va hukumat ishlarini
boshqarishda ham zarur psixologik bilimlarga ega psixologini talab qiladi.
Demak, mutaxassislar chet tilini o‘rgatish darslarida xorijiy tillarni o‘qitishga
bo‘lgan zamonaviy psixologik yondashuvlarni to‘g‘ri tashkil etishlari lozim. Ular
chet tilini o‘rgatish bo‘yicha pedagogik mahorati va kasbiy kompetentlik darajasini
oshirish yuzasidan o‘z pedagogik faoliyatlari innovatsiyalarni tatbiq etishning
samarali shakllarini, didaktik vositalar va elektron o‘quv
materiallarini yaratish
texnologiyalarini bilishlari hamda ulardan ta’lim jarayonida foydalanishlari
o‘quvchilarning xorijiy til o‘rganishi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Dastlab talabalarda ham tilni o‘zlashtirishdagi hadiksirashi, chalg‘ish va
charchashini yo‘qotishga, hamda salbiy o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan
psixogimnastika mashg‘ulotlarini ham o‘z vaqtida qo‘llay olish o‘qituvchining
pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Dars jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari – diqqati, fikrlashi, idroki,
tasavvuri, xotirasi va ta’lim olishga qiziqishlarini o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi.
Talaba xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga boshqa davlatlar
haqidagi dastlabki
fikrlari, tasavvurlari rivojlanib boradi. Guruhli o‘yinlardan foydalanish, muloqot
Dostları ilə paylaş: