Psixologiya fani o‘zining asosiy prinsiplari ega. 30-yillarning o‘rtalariga kelib
psixologiya fanining asosiy prinsiplari: determinizm prinsipi,
ong va faoliyatning
birligi prinsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi prinsipi aniq ifodalab berildi.
Psixologiya fanining prinsiplari bir nechtadir.
U.Jeyms “Psixologiyaga kirish”
nomli kitobida psixologiyadagi muammolar degan joyiga “
erkinlik determinzmga
qarshi” fikri keltirilgan. Shaxsning barcha hatti-harakatlarining o‘z sabablari
mavjud. Shaxs harakatlarim haqida o‘zim qaror qabul qilaman, hamma ishlarimga
o‘zim sababchiman – deb javob beradi. Psixologiyada asosiy muammolar
bolalarning ulg‘ayishi bilan bog‘liq, ular televizor ko‘rib vaqtning o‘tishini his
qilmasligi odatiy holga aylanganligi. Ularda o‘z erkinligini
his qilish ustunligi
kuzatiladi.
(Jeyms U, Kalat. Psychology. 4 bet)
Psixologiyada
determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan
belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi.
Ong va faoliyat birligi prinsipi psixologiyada qabul qilingan prinsipi ong bilan
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham
emas, ammo birlikni tashkil etadi. Ong va faoliyat birligi
prinsipi psixologlarga
xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishni
muvaffaqiyatini ta’linlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni
psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Shu tariqa xozirgi zamon psixologiyasi o‘z tarakkiyotida mustakil fan sifatida
mustaxkam tabiiy-ilmiy negizga ega buladi. Tabiatshunoslikning konuniyatlarini
bilish psixologiya tomonidan jiddiy o‘rganishni taqozo etadi. Psixologiyaning qator
sohalari
va eng avvalo, kiyomiy psixologiya, zoopsixologiya,
ekologiya, tibbiyot
psixologiyasi, patopsixologiya va yana ba’zi bir xil soxalari ayni chog‘da
tabiatshunoslik va tabobatning ham bo‘limlari bo‘lib xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: