Mavzu:
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI,
RIVOJLANISH TARIXI
Reja:
1. Psixologiya qanday fan?
2. Psixologiya fanini asosiy vazifalari
3. Psixologiya fanining vujudga kelishi
4. Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari
5. Psixologiyadagi muammolar (psixolog nima ish qiladi?)
Asosiy tushunchalar:
Psixologiya, psixolog, psixologiya tarixi,
psixologiya
fanini asosiy vazifalari.
Ma’lumki, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq etishga
mo‘ljallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko‘lami kengayib borishi uning
mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Istiqlol sharafati tufayli ilmiy
yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona munosabatda bo‘lish
imkoniyati vujudga keldi.
Ana shu vazifalarni amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda
umumiy psixologiya
fani muhim rol o‘ynaydi. Mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya
fani kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor
o‘rin egallaydi
Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga
ko‘ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o‘rin egallashiga barcha ob’ektiv shart-
sharoitlar yetarlidir. Psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning
ichida eng murakkabi bo‘lib, biosferik ta’limotdan
kelib chiqqan holda psixika
yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatiniaks ettiruvchi kategoriya
sifatida o‘rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan
fazoviy munosabatlar,
sayyoralararo aloqalar, o‘zaro ta’sirlar, moddalar,
zarrachalar, nurlar harakati almashinishi, qo‘shilishi to‘g‘risida mulohazalar, faraziy
asosda bo‘lsa ham yuritilmoqda.
Biz bugungi kunda psixologiya fanini qiziqarli fan deb bilmoqdamiz,
aslida
juda murakkab fan hisoblanadi. Shu boisdan psixologiya fani haqida ko‘plab
psixolog olimlar o‘zlarining ilmiy fikrlarini bildirib o‘tgan. Psixologiya
milodimizdan 300 yil oldinroq, grek faylasufi, naturalist Aristotel “Fanni o‘rganish-
xotira,shaxsiyat, ruhiyat, his-tuyg‘u nazariyalari” degan nom bilan boshlagan. Lekin
bugungi kuni uning nazariyalariga (kulgili) shubha bilan ham qarab keladi. Masalan;
ovqat insonning uyqusini keltiradi, bizning yuragimiz
atrofini insoniy hislatlar
qamrab olgan-deb yozgan
1,
hozirgi kuni psixologiya barcha sohalar bilan bog‘liqli
tarzda ham o‘rganilmoqda.