Umumiy psixologiya fanining uslubiy majmua


Mavzuning qisqacha bayoni



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə28/30
tarix24.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#160359
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
3kurs sirti majmua

Mavzuning qisqacha bayoni:Emotsiya - shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta'riflardan ko’rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o’zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog’liq bo’ladi.



2-mavzu:Motivatsiya haqida umumiy tushuncha. Motivatsiyaning asosiy turlari va rivojlanish bosqichlari. Motivatsiyaning tuzilishi funksiyalari. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. Hulq- atvor va faoliyat motivatsiyalari. Erishganlik, affiliatsiya, xukmronlik motivlari.
REJA:

  1. Inson faolligi, uning shakllari va determinantlari. Extiyoj, motiv va motivatsiyalarni aniqlash. A.N. Leontevning konsepsiyasida extiyojlar va motivlar

  2. Motiv turlari. O‘z-o‘zini tasdiqlash motivi. Identifikatsiya motivi. Hokimiyat motivi. O‘zini o‘zi kamol toptirish motivi. Maqsadga erishish motivi.

  3. Motiv funksiyalarining xilma xilligi. Harakatga keltiruvchi va yo‘naltiruvchi funksiyalari.

  4. Psixoanalizda motivatsiya. Bixeviorizmda motivatsiya muammosi. K.Levin maydon nazariyasining umumiy holati. A.Maslou extiyojlar iyerarxiyasi.

  5. Erishganlik motivi tushunchasi

Mavzuning qisqacha bayoni:motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir. Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir. S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi. S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir". A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo’nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo’zg’atadigan voqelik deb hisoblaydi. Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab. Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, u o’zini mayllar, maqsadlar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi. Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.

3-mavzu: Temperament, uning psixologik tavsifi va fiziologik asoslari. Temperamentning asosiy komponentlari. Temperament va Tiplarning qiyosiy tahlili. Xarakter va uning shakllanishi. Xarakter va individual turmush tarzi. Psixopatiya va xarakter aksentuatsiyasi: ta’riflari, asosiy belgilari, turlari, kuchsiz tip tushunchasi (Gannushkin, Lichko). Normal va anomal xarakter chegaralari muammosi.Umumiy va funksional psixologik tiplar (Yung nazariyasi).
REJA:

  1. Temperament, uning psixologik tavsifi va fiziologik asoslari.

  2. Temteramentning asosiy komponentlari. Temperament va individual faoliyat uslubi. Temperament nazariyalari

  3. Xarakter va uning shakllanishi. Xarakter va individual turmush tarzi.

  4. Psixopatiya va xarakter aksentuatsiyasi: ta’riflari, asosiy belgilari, turlari, kuchsiz tip tushunchasi (Gannushkin, Lichko).


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin