Umumiy psixologiya uchun hujjatlarni o'rganish metodining mohiyati



Yüklə 23,68 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü23,68 Kb.
#99515
Umumiy psixologiya uchun hujjatlarni o\'rganish metodining mohiya


UMUMIY PSIXOLOGIYA UCHUN HUJJATLARNI O'RGANISH METODINING MOHIYATI
Reja:
1. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning dasturi.
2. Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning faol metodlari:
3. kuzatish, eksperiment, anketa, suhbat, intervyu, test, sotsiometriya, sontent-analiz. 4. Hujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati .
Kuzatish metodi
• tashqi (ob’ektiv kuzatish)ichki
• (sub’ektiv, o‘z-o‘zini kuzatish)
• erkin kuzatuv
• standartlashtirilgan
• guruh ichida kuzatishguruh
• tashqarisida kuzatish
So‘roq metodlari
• og‘zaki so‘roq
• yozma so‘roq
• erkin so‘roq (suhbat)
• standartlashtirilgan so‘roq
Testlar metodi
Testlar metodi
• test – so‘rov
• test – topshiriq
• proektiv test
• sotsiometrik test
Eksperiment
• tabiiy eksperiment
• laboratoriya eksperimenti
Modellashtirish
• matematik modellashtirish
• mantiqiy modellashtirish
• texnik modellashtirish
• kibernetik modellashtirish
Hujjatlarni o‘rganish metodi
Hujjatlarni o‘rganish metodi
• ijtimoiy o‘rganish
• psixologik o‘rganish
• motivatsion o‘rganish
• klassifikatsion o‘rganish
Kontent-analiz metodi
matnni analiz qilish
• abzatslarni analiz qilish
• iboralar, tushunchalarni analiz qilish
Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlar
Kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mo¬baynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi.
Ijtimoiy psixologiyada hujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati
Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish
Materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilinish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent-analiz deb ataladi. Kontent-analizning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X.Lassuell va B.Berelsonlar bo‘lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g‘oyaviy yo‘nalishini aniqlash maqsadida qo‘llagan edilar. Ular «Haqiqiy amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik yo‘nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta’qiqlashga erishgan edilar.
So‘roq metodlari.
So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.
So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Anketa metodi
Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga etarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir. SHunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik testlar- Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul — testda tekshiriladi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo‘lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi ob’ektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’ektlardagina qo‘llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. SHaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’ektlarda sinovdan o‘tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.
• Ijtimoiy-psixologik testlar- Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qiska sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qiska muddat ichida bir texnik usul — testda tekshiriladi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni— bir test yordamida bir ob’ektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo‘lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi ob’ektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’ektlardagina qo‘llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. SHaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’ektlarda sinovdan o‘tkazish, xattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.
• Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z ''kaliti" bo‘ladi va bu kalitning egasida maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuvga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. ''Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kim ishlata olmaydi.
Test -so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi.
• Test -so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi.
• Test -topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi ijodiylilikni aniqlash uchun ko‘pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o‘zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko‘rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining borligi bo‘lsa, kamchiligi - ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi, faktlarni soxtalashtirishi mumkinligidir.
Proektiv testlar. Bu usullar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko‘rinishga ega bo‘lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig‘i beriladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan buyumlar, yog‘ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o‘zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv testlar. Bu usullar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko‘rinishga ega bo‘lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig‘i beriladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan buyumlar, yog‘ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o‘zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berishi mumkin.
Proektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog‘lari" testini kiritish mumkin (1921 y.). Bu dog‘lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog‘lardan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har xil buyoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog‘" ning nimani eslatayotganligini aytish so‘raladi. Uning fikridan va so‘zlaridan, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-analiz qilib) shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Ijtimoiy-psixologik eksperiment—bu ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday muloqotning bo‘lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‘playdi. Umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi, ijtimoiy psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari farqlanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi A.Makarenkoning jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog M.Sherif esa guruhlararo munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib o‘rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik tuzilgan jamoa — yozgi ta’til lagerlarida kooperatsiya hamda turli ziddiyatlarning paydo bo‘lishidagi psixologik sabablarni o‘rganishdan iborat edi.
Ijtimoiy-psixologik eksperiment—bu ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday muloqotning bo‘lishi uchun eksperimentator, ya’ni tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar to‘playdi. Umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi, ijtimoiy psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari farqlanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi A.Makarenkoning jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog M.Sherif esa guruhlararo munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib o‘rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik tuzilgan jamoa — yozgi ta’til lagerlarida kooperatsiya hamda turli ziddiyatlarning paydo bo‘lishidagi psixologik sabablarni o‘rganishdan iborat edi.
Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.
SHunday qilib, ijtimoiy psixologiya hozirgi kunda juda ko‘p metodlarga ega, biz tanishib chiqqan metodlar ularning asosiylari, bir qismi, xolos. Har bir xolatda o‘ztadqiqot ob’ektining xususiyatlari, tadqiqot maqsadi va mavzuiga qarab kerakli uslubni tanlash mumkin. SHuning uchun ham metodlar to‘plami bilan to‘lig‘icha tanishish uchun maxsus adabiyotlarni ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi
Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin