Umumiy psixologiya


O‘smirlarning psixik rivojlanishida



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə107/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

O‘smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo‘lishi
O‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. O‘smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni echishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (Yosh bolalarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.
5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xosAyniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.
7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi.O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin.
O‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar o‘qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari ham shakllana boshlaydi. O‘smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan etkaza oladigan, o‘quvchilarni ajratmaydigan, o‘qituvchilarni ko‘proq hurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga ham katta z’tibor beradilar.
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar.Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin