Umumiy psixologiya
I. O’QUV MATERIALLAR Psixologiya_fanining_predmeti_va_rivojlanish_tarixi._Psixologiyaning_tadqiqot_metodlari_va_tarmoqlari._Mavzu_rejasi'>Ma’ruza mashg’ulotlari 1-Mavzu:Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. Mavzu rejasi: 1.Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. 2.Psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. 3.Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 4.Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga xosligi. 5.Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, klinik metodlar,differensial metod, suhbat va so’rov, test, korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o’rganish. 6.Psixologiyada ilmiy tekshirish olib borishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. TAYANCH TUSHUNCHALAR: psixologiya, psixika, psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlar, dualizm, refleks, biologik, evolyutsion, genetik, bixeviorizm, kognitiv, ijtimoiy –madaniyat,tamoyillar, indefikatsiya, ijtimoiy , fatalitatsiya ,sotsiometriya. 1.1.Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. Inson mavjud ekan, u o’z hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o’ziga o’zi hisob beradi. Biz kunda qushlarning sho’x navosini, musiqa asboblarining xonishini, inson nutqini, uchib o’tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz, atrofimizni o’rab turgan narsa, daraxt, hayvonlar, mashinalarni ko’ramiz. Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz. Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog’liq. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Psixologiya so’zining lug’aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko’ra psixikaning yuzaga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;- - shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyat. Yüklə 1,63 Mb. Dostları ilə paylaş: |