Umumiy psixologiya


-Mavzu:Xulq-atvorning psixofizologik asosi.Ong taraqqiyoti va ongsizlik



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə6/149
tarix19.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#79684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Umumiy psixologiya” Fanidan (3-kurslar uchun)

2-Mavzu:Xulq-atvorning psixofizologik asosi.Ong taraqqiyoti va ongsizlik
Mavzu rejasi:
1.Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati.
2.Xulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari.
3.Instinkt tushunchasining mazmuni.
4.Odam va hayvon psixikalari o‘rtasidagi tafovut
5.Ong haqida umumiy tushuncha va uning tuzulishi.
6.Ongning psixologik ta’rifi.
7.Ong va ongsizilik.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Nerv tizimi- Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ.
Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi
Miya-yuqori tashkil etilgan materiya
Endokrin tizimi-Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan.
Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor.
Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi.
Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq.
Retseptorlar-hissiy yoki sensor hujayralar bo‘lib, ular, ya’ni, bu ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo‘lishidan qat’iy nazar, u haqidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng, o‘zgartirib, asab tizimiga etkazib beruvchi maxsus tuzilmalardir.


2.1.Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati.
Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan soha asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi.
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatishini nerv hosilalarining to‘plamlari ta’minlab beradi.
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari-ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.
Periferik asab tizimi-nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar.


Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675) qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.[2]
2 - rasm
Bosh va orqa miya-ikki hayotiy muhim organlar-miya qutisi va umurtqa pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari-bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi. [2]
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Neyron-asab tizimining asosiy birligi Inson tanasi va hokazo suyak hujayralari, mushak hujayralari, tana hujayralari, deb hujayralari turli turlardan iborat Har bir turi alohida vazifasi bor bir birlik shakllantirish, kichik hujayralari millionlab topgan. bir tana qismi elektr xabarlar burchi nerv hujayralari uchun tayinlandi. Bizning asab tizimimiz nerv hujayralaridan iborat. uning barcha filiallari bilan bir asab hujayrasi neyronlarning deyiladi. Bu neyronlarning asab tizimining yakuniy tuzilishi va funktsional birligi hisoblanadi. bir shaxsning asab tizimida neyronlar soni 200 milliard 100 baholanmoqda. Ular, asosan, tarkibida bir xil bo'ladi, lekin maxsus vazifalar uchun mo'ljallangan turli uzunliklar, shakl va darajada ko'rinadi. Har bir neyronda ichida DNK dan genetik ko'rsatmalar oshiruvchi har biri RNK molekulalari, millionlab bor.
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining to‘plamlaridan hosil bo‘ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. yAqin vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo‘lgan ko‘nikma hosil qilish bilan bog‘lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar-yangi raqs harakatlarini o‘rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq bo‘lar ekan.
Miya yarim sharlarining vazifalarini ko‘rgazmali tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin ( 4.1 jadval).

4.1 Jadval




Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin