1 bosqich: Psixologiya-ruhni o’rganadigan fan (mill.avv.6 asr-16milodiy). Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushuntirib berishga harakat qilinib kelingan. Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo’lgan , ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o’simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan.
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.