O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI 1-BOSQICH.-trening tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
-trening o‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi:
-mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi.
2-BOSQICH. Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi:
F- fikringizni bayon eting.
S - fikringizni bayon etishga sabab ko‘rsating.
M - ko‘rsating sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qozozdagi FSMU ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘latadi.
3 -BOSQICH. -Har bir tinglovchi o‘z qog‘ozlarini to‘latib bo‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turdi guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi:
-Trener har bir guruhda FSMU texnologiyasining 4 bosqich yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi:
-Trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardan fikr va dallillarni katta formatdagi umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.
4-BOSQICH. -Kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi:
-Guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar:
-Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
5-BOSQICH. -Kichik guruhlarda umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar:
Guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlarni isbotlash ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.