Ko’rgazmali obrazli tafakkur - tafakkur turlaridan biri, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni xarakterlab beradi.
Ko’rgazmali harakat tafakkuri - tafakkur turlaridan biri, narsa va xodisalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda namoyon bo’ladi.
Nazariy tafakkur - tafakkur turlaridan biri, u ob'ektlarning xususiyatlarini,
qonuniyatlarini ochishga qaratilgan bo’ladi.
Sintez - (yunon. sintbasis - birikish, qo’shilish) - tafakkurning yagona analitik - sintetik jarayonida yakka hodisalarni umumiylashtirishga qaratilgan fikr yuritish operasiyasi.
So’z - mantiqiy tafakkur - tafakkur turlaridan, bu mantiqiy operasiyalar, omillar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi.
Taqqoslash - narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli ravishda aks etadi.
Tushuncha - voqelikdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
Umumlashtirish- voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.