Akseleratsiya – bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotning tezlanishi, jadallashishi.
Andragogika - kattalar ta’limini tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Asab tizimi – hayvon va odam organizmining barcha funksiyalarini o‘zaro hamda tashqi muhit bilan to‘g‘irlab, uyg‘unlashtirib turuvchi a’zolar tizimi. U organizmning ichki muhitida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va tashqi muhit ta’sirida qo‘zg‘alib, turli a’zolarga ta’sir etgan holda ularning faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.