Umumiy psixologiya


Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə190/268
tarix29.12.2021
ölçüsü1,91 Mb.
#48465
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   268
Umumiy psixologiya

Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi – inson tomonidan hayotiy tajribani egallash jarayoni ijtimoiy ta’sirlar va ular bilan bog‘liq mustahkamlash va jazolash asosida amalga oshadi deb tushuntiruvchi ijtimoiy psixologik nazariya.

Imprinting - qandaydir xulq-atvor shaklini maxsus o‘rgatilmasdan, tug‘ilishi bilanoq o‘zlashtirish.

Interferensiya - malakalardagi salbiy ta’sir bo‘lib, bunda eski malaka yangisining shakllanishiga halaqit beradi

Iste’dod - shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi.

Identifikaatsiya – shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi.

Konformlik – individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, planli, biror maqsad asosida o‘rganish

Kuzatuvchanlikshaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonida narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo‘ladi.

Ko‘nikma - oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanishdir. Ko‘nikma eksteriorizatsiya qilishni – bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashuvini taqozo etadi.

Layoqat – nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anatomik-fiziologik hususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabbiy zaminidir.


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin