Harakatning orientirlash asosi – aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich rivojlanish nazariyasida kiritilgan tushuncha.Harakatning orientirlash asosi bolaning shakllantirilayotgan harakat va uni to‘g‘ri, muvaffaqiyatli bajarish sharoitlari va sifatlari bilan dastlabki tanishish jarayoni va natijasidir.
Yosh- individning ma’lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqiyotining bosqichi. Ushbu bosqichda uning shaxs sifatidagi fiziologik va psixologik o‘zgarishlari kuzatiladi.