Taraqqiyot omillari – bolaning psixik va xulq-atvor rivojlanishini belgilaydigan omillar tizimi.Taraqqiyot omillari, ta’lim va tarbiya mazmunini,o‘qituvchi va tarbiyachilarning pedagogik tayyorgarligini, ta’lim va tarbiyaning usul va vositalari va boshqa ko‘pgina bolaning psixologik taraqqiyotiga bog‘liq narsalarni o‘z ichiga oladi.
Taqlidchanlik - namuna bo‘lib hisoblanadigan ob’ekt xulq-atvoridan tezda nusxa olish natijasidaro‘y beradigan o‘rganish turi.
Test – inson psixologiyasi va xulq-atvorini miqdor hamda sifat jihatdan baholashga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotning standartlashtirilgan metodi.
SHaxs - ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.
SHartli reflektor o‘rganish – shartli refleks mexanizmi bo‘yicha yangi qo‘zg‘atuvchilarga reaksiyalarni o‘zlashtirish.
O‘zlashtirish – bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash.