Psixik rivojlanishning situativ o‘zgarishlari – inson xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim- tarbiya ta’siri ostida yuzaga keluvchi, ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar.
Psixik rivojlanishning evolyusion o‘zgarishlari – bir Yosh davridan ikkinchi Yosh davriga o‘tishda inson xulq-atvori va psixikasida sekinlik bilan amalga oshadigan, barqaror o‘zgarishlar.
Reprezentativlik – tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar majmuini ishonchliligini va to‘g‘riligini ifodalovchi mezon.