Ong va faoliyat birligi – psixologiyaning ong bilan faoliyatning birligi, uning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etuvchi g‘oya.
Ontogenez – organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlar majmui
Operant o‘rganish - bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani echish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.