G.S. Abramova bo‘yicha: Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 2 Yoshgacha.
Ilk bolalik davri – 2-4 Yoshgacha.
O‘rta bolalik davri – 5-7 Yoshgacha.
Bolalikning tugash davri – 8-12 Yoshgacha.
O‘smirlik davri – 13-17 Yoshgacha.
O‘spirinlik davri – 18-22 Yoshgacha.
Kattalik davri – 23-30 Yoshgacha.
O‘tish davri – 30-35 Yoshgacha.
Yetuklik davri – 36-50 Yoshgacha.
Keksayish davri – 51-65 Yoshgacha.
Qarilik davri – 65 Yoshdan yuqori.
Greys Krayg, Don Bokumning “Psixologiya razvitiya” (2006 y) kitobida insonning hayotiy yo‘li quyidagi davrlarga bo‘linadi: Perinatal davr – homila paydo bo‘lgandan bolaning tug‘ilishigacha bo‘lgan davr.
Go‘daklik – tug‘ilgandan 18-24 oylikkacha (2 Yoshgacha) bo‘lgan davr.
Hayotning datlabki 2 yili (toddler bosqichi) – 12-15 oydan 2-3 Yoshgacha bo‘lgan davr.
Ilk bolalik – 2-3 Yoshdan 5-6 Yoshgacha bo‘lgan davr.
O‘rta bolalik – 6-12 Yoshgacha bo‘lgan davr.
O‘smirlik va o‘spirinlik – taxminan 12-18-27 Yoshgacha bo‘lgan davr.
Ilk kattalik – 18-21 dan to 40 Yoshgacha bo‘lgan davr.
O‘rta kattalik – 40 dan 60-65 Yoshgacha bo‘lgan davr.
Kechki kattalik – 60-65 dan umr oxirigacha bo‘lgan davr.
Shuningdek, Yoshni davrlashtirish muammosiga turli jihatdan yondoshilgan nazariyalar ham mavjuddir.