Respublikamizda professor M.G.Davletshin rahbarligida o‘tkazilgan F.I.Haydarov tadqiqotida qishloq maktabi o‘quvchilarining o‘qish motivlari, N.S.Jo‘raev tadqiqotida kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘qish motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganildi. Ushbu tadqiqotda kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv motivlarini psixologik o‘yinlar yordamida shakllantirishga mahalliy sharoitda ilk bor kompleks yondashildi. O‘quv jarayonida foydalanilgan psixologik o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga ijodiy yondashuviga, psixik taraqqiyotiga va psixik jarayonlariga ta’sir etishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. SHu bilan birga baho olishga yo‘nalganlik motivlari tashqi motivlar sirasiga kirsa-da, ichki motivlarni muayyan darajada rivoj topishiga ko‘mak berishi ko‘rsatib berildi. Ta’lim jarayonining natijasi o‘zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko‘nikmalar berishidir. Bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni muammosi P.YA.Galperinva N. F. Talizinatomonidan o‘rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti-harakatlarni moddiy holda tashki nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo‘lishini izohlab berdilar. Akliy xatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm,sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‘z ifodasini topadi. Aqliy xatti-harakatlarning ikkinchi bosqichiko‘rgazmalardan olgan tasavvurlari to‘g‘risida o‘quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqichesa, sub’ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul tariqasida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, o‘quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda.To‘rtinchi bosqichda bajarilgan xatti-harakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi.Beshinchi bosqichdaesa faoliyatni fikran bajarishga o‘tiladi. Bundan ravshan ko‘rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talablarga qisman javob bermoqda. O‘quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishga va o‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o‘quvchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim jarayonida o‘zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:
Таълим мазмунига Таълим жараёнида ўзлаштиришнинг муваффақияти қуйидагиларга боғлиқ