V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, R.N.Tojiboevalar biz ko‘targan muammoni fikrni tarbiyalash, mantiqiylik, ijodiy tafakkur va mustaqil fikrni ifodalash muammolarini uyg‘unlashtirgan holda yoritib berdilar. Biror narsa yoki ro‘y bergan, berayotgan voqea yoki hodisa xususida miyamizda paydo bo‘layotgan tuyg‘ularimiz - fikrdir. Fikrlarni tartibga solish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish va boshqarib turishga javobgar bo‘lgan jarayonni psixologlar fikrlash yoki tafakkur deb ataydilar. Inson hayotini fikrsiz, fikrlashsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mualliflar fikrning ijtimoiy mohiyatini ochib beradilar: “fikrlashni jamiyatga bog‘liq hodisadir, deyish mumkin”. Tasavvur qiling: Sizda biror muammo yoki masala yuzasidan fikr mavjud, ya’ni mustaqil fikringiz bor. Bu fikr sizga juda ma’qul va uni siz mantiqan asoslangan, deb hisoblaysiz. Agar shunday ishonch, hattoki, e’tiqod bo‘lsa, siz albatta, kimlar bilandir uni o‘rtoqlashish ehtiyojini sezayotganligingizni anglaysiz. Agar uning “pishib etilganiga” biroz bo‘lsa ham ikkilansangiz, bu fikrni birovga aytmay qo‘ya qolish yoki juda yaqin kishingiz bilan o‘rtoqlashishga intilasiz. Demak, paydo bo‘lgan yangi fikr odamni boshqalar bilan muloqotda bo‘lishga, ular bilan o‘rtoqlashishga undaydi. Ayni shu jihati fikrlashning ijtimoiyligidan darak beradi7. Mualliflar Yoshlarga mustaqil fikrlashni o‘rgatish bo‘yicha turli mashqlar to‘plamini ishlab chiqqanlar. Bundan tashqari, ular mustaqil fikrlash sifatlarini ham ajratib ko‘rsatdilar:
Elementar tafakkur jarayonlarining shakllanganligi - ya’ni tahlil qilish, sintez, taqqoslash, muhim jihatini ajratish;
Tafakkurning faolligi, uning erkinligi, ya’ni nos?andart g‘oyalarning tug‘ilishi jarayonidagi erkinlik va bir g‘oyadan ikkinchisiga o‘tishdagi egiluvchanlik;
Tafakkurning tashkillanganligi va maqsadga yo‘nalganligi, boshqacha qilib aytganda, har bir inson tomonidan o‘zini tafakkur qilish yoki fikrlash jarayonlariga xosligini anglash va uni nazorat qilish.
V.Karimova o‘zining qator maqola va risolalarida shaxsning jamiyatdagi mavqei va undagi yuksak insoniy fazilatlarining fikrlash jarayonidagi mustaqil mavqeiga bog‘liqligi muammosiga jamoatchilik diqqat-e’tiborini qaratib, “Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi” talablarini bajarish jarayonidagi ta’lim islohotlarida, eng avvalo, o‘quvchilar va talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish va bunda eng avvalo, o‘quv faoliyati kechadigan ijtimoiy psixologik muhitning etakchi rolini ta’kidlaydi. Boshqa tomondan, “o‘zini anglagan, bilgan, hayotda o‘z o‘rnini topa olgan odamningina miyasiga fikr keladi, tafakkur qiladi va qolaversa, u bu fikrlarini o‘zgalarga izhor qilib, etkazishi ham mumkin bo‘ladi” (o‘sha manba). “Qanday fikrlash” muammosiga diqqatni qaratgan muallif, aslida fikrlashni ilk Yoshlikdan shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi va uning mezonlariga e’tibor beradi. “Agar bolada Yoshlikdanoq, har bir narsa va hodisaning o‘ziga xos tomonlarini ko‘ra olish, ijodiy yondashuv bo‘lsa, demak, uning tafakkuri ijodiy, egiluvchan, moslashuvchan bo‘lib, aynan shularda mustaqil tarzda mulohaza yuritishi kuzatiladi. Ijodkorlar tund va qonservativ fikrlilardan farqli, yana turli ziddiyatlar, ongda o‘rnashib qolgan eskicha qarashlarni inkor qilish, kerak bo‘lsa, undaylar bilan talashib-tortishishga moyil bo‘ladilar”. Demak, tarbiyalangan va mustaqil fikr uchun V. Karimovaning fikricha, “muhit kerak, bu muhit, albatta bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi”. Tobelikni chegaralovchi ijtimoiy psixologik muhitni auditoriyada shaklantirish uchun o‘qituvchi munozara metodlaridan keng foydalansa bo‘ladi. “Erkin fikr almashishning bo‘lishi muhokama qilinayotgan muammo bo‘yicha guruh a’zolarining fikrlashlari jarayonni tezlashtiradi va ularning faol pozitsiyada bo‘lishlarini taqozo etadi. Munozaraga kirishuvchilarning fazoviy va psixologik holatlari bir-birlarinikiga yaqin bo‘lsa, shaxsda so‘zlash, o‘z fikrini mustaqil bayon etish ehtiyoji paydo bo‘ladi”.
SHunday qilib, erkin, holisona, sog‘lom, oqilona fikr almashinuvi sharoiti va muhitining yaratilishi o‘smir va o‘spirinlarda lo‘nda, ravon, mantiqiy tilda so‘zlash malakasini o‘stiradi. Muhit xususidagi yana bir fikr shuki, shaxs har qanday sharoitda, hammaning oldida ham erkin gapiravermaydi. Ayniqsa, SHarq psixologiyasi va odob normalari shundayki, kichkina Yoshdagi kattaning, bola o‘z ota-onasining, o‘quvchi o‘qituvchining oldida har qanday fikrni mulohazaga qo‘yavermaydi, chunki bu voqelik sharq xulq-odobiga zid, deb baholanadi. Shuning uchun ham shunday shaxslararo munosabat muhitini yaratish kerakki, odamdagi unchalik darajada ahamiyatli bo‘lmagan fikrni yoki g‘oyani ham qo‘llab-quvvatlovchi “o‘zgalar”ning mavjud ekanligiga erishish kerak. CHunki har qanday odam o‘z fikrining to‘g‘riligiga va asosli ekanligiga ishonch hosil bo‘lsagina, u fikrini erkin bayon eta oladi. “Demak, - deb ta’kidlaydi V. Karimova, - tarbiyalovchining ma’naviy qarashi, fikr almashinish jarayoni suhbatga nisbatan ijobiy ustanovkalar mustaqil fikrlashning eng maqbul sharoiti hisoblanadi”.
Dostları ilə paylaş: |