Reja: Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.
Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv jamoasini boshqarishning psixologik asoslari.
Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy: Talabalarni ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar bilan tanishtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rnini anglatish.
Tarbiyaviy:Pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash.