Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog‘i, qarilik davri psixologiyasini o‘rganadi.
Geshtaltpsixologiya – hozirgi zamon chet el psixologiya maktablaridan biri bo‘lib, XX asrning 30 – yillarida Olmoniyada bunyodga kelgan. Bular murakkab psixik voqelikni tushuntirish uchun hodisalarning bir butunligini asos qilib oladilar. Asoschilar M.Vertxeymer, V.Kyoler, N. Koffka.
Etakchi faoliyat – faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bunda ma’lum davr ichida shaxs sifat jihatidan o‘zgarib shakllanadi. Masalan, bog‘cha Yoshi davridagi o‘yin faoliyati.
Zehn – nerv tizimining ba’zi genetik nazariyalari anatomik- fiziologik hususiyati bo‘lib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki individual tug‘ma tabiiy zaminidir.
Ideal- biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh xatti-harakatlari va intilishini belgilovchn oliy maqsad.