Longityud tadqiqot – tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va Yosh davrlardagi o‘zgarishlarni qayd qiladi
Malaka - mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning avtomatlashgan usullari.
Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi.
Mayl – shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug‘ullanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak, xohish tarzida namoyon bo‘lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.