Bolaning rivojlanishi murakkab dialektik jarayondir. U taraqqiyotning turli Yosh davrlarida o‘zining sifat xususiyatlariga ega bo‘ladi. Psixologiyada bir necha Yosh davrlari farqlanadi:
D.B. Elkonin bo‘yicha Yoshni quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 Yoshgacha.
Ilk bolalik davri – 1-3 Yosh.
Maktabgacha Yosh davri – 3-7 Yosh.
3a. Kichik va o‘rta maktabgacha Yosh davri – 3 dan 4-5 Yoshgacha.
3b. Katta maktabgacha Yosh davri 4-5 dan 6-7 Yoshgacha.
Kichik maktab Yoshi 7 – Yoshdan 11Yoshgacha.
O‘smirlik Yosh davri 11-15 Yosh.
Ilk o‘spirinlik davri 16-18 Yosh.
D.B. Elkoninning tasnifi etakchi faoliyat nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror turi ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi.