O‘yin faoliyati
Rolli-syujetli o‘yinlar
O‘qish faoliyati
Muloqot
O‘quv - kasbiy faoliyat
V.A. Krutetskiy bo‘yicha: Chaqaloqlik davri - tug‘ilgandan 10 kungacha.
Go‘daklik davri – 1 Yoshgacha.
Ilk bolalik davri – 1-3 Yoshgacha.
Maktabgacha Yosh davri – 3-5 Yoshgacha.
Bog‘cha Yosh davri – 5-7 Yoshgacha.
Kichik maktab Yoshi davri – 7-11 Yoshgacha.
O‘smirlik davri – 11-15 Yoshgacha.
Ilk o‘spirinlik davri – 15-18 Yoshgacha.
Har ikkala tasnif ham puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganidan qat’iy nazar inson kamolotini to‘la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida ko‘proq ma’lumot beradi. Xullas, ularda Yoshlik, etuklik, qarilik davrlarining xususiyatlari, qonuniyatlari to‘g‘risida nazariy va amaliy mva’lumotlar etishmaydi. SHunga qaramay, ular o‘rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Inson umrining barcha Yosh davrlarini qamrab olgan davrlashtirish E.G‘. G‘oziev, G.S. Abramova hamda horij psixologlari Greys Krayg, Don Bokumning nazariyalarida keltiriladi.