3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 127 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni
cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(185 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga
o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq
suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast
yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish
maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir
etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(185 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran
o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa,
javobgarlikdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish”
qoidalari
, Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish
qoidalari
va Tabiiy gazdan foydalanish
qoidalari
.
(185 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: