Umumiy qoidalar


-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish


səhifə178/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi
kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i
bilan porani bevosita berish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(212-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
210 
yoki 
211-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi
vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
(212-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir
etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod
qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil
24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 
6 — 8-bandlari
,
13-bandi
, 14-bandining 
ikkinchi xatboshisi

16
va 
18-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish
yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
.
(212-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 160 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin