3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 68 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
O‘sha harakatlar ojiz ahvolda ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan yoxud
moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga
nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(115 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
116-modda. Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi
tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi
badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(116-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan
shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki
og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan
mahrum qilish yoxud uch yuz
soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(116-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 30-
moddasining
ikkinchi qismi
.
Ushbu
moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlar
ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(116-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi
qismida nazarda tutilgan qilmishlar
ehtiyotsizlik orqasida:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: