123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj
bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin
tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan
undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida
to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u
javobgarlikdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 116-moddasi (“Oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47 -moddasi . (123-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 124-modda. Bolani almashtirib qo‘yish Tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qasddan bolani almashtirib qo‘yish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(124-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son)