Umumiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz


səhifə117/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz
qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini 
Konstitutsiyaga
xilof tarzda
o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki
tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston
Respublikasi hududiy yaxlitligini 
Konstitutsiyaga 
xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq
da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida
tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
(159-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 22-
iyundagi O‘RQ-37-son
 Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan
besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(159-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki
ularni 
Konstitutsiyada 
nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan
almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli
organlarining O‘zbekiston 
Konstitutsiyasida 
nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan
hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda
bajarmaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilgan
bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 102 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini
ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(159-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti,
ko‘rilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
7-moddasi
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin