22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
248 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa
shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,