3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 190 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;
b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan
holda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish
Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro
tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat
sodir etishdan o‘zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida
tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning
155
,
165-moddalarida
nazarda tutilgan alomatlar bo‘lmasa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: