229 -modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy
organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda
diniy ta’limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(229 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 241-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari . (Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga asosan 229 - modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda) Oldingi tahrirga qarang. 229 -modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash Oldingi tahrirga qarang. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar)
belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(229 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(229 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3- dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) (229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 99- moddasining yettinchi qismi . Oldingi tahrirga qarang. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining