(213-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
210 — 212-moddalarida
nazarda
tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan
moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa
va ushbu shaxs
jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa,
chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u
javobgarlikdan ozod etiladi.
(213-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni
tahririda
— O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-
apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar
yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
10-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: