(214-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning
210 — 212-moddalarida
nazarda
tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan
shaxsga nisbatan tamagirlik
yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(214-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni
tahririda
— O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-
martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining
uchinchi xatboshisi
.
Dostları ilə paylaş: