Umumiy qoidalar


-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni
boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni
o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod
qilinishi lozim.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 
69-moddasida 
nazarda tutilgan va
sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab
hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.
Intizomiy qismga jo‘natish yoxud xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy
xizmatchilar, ularning sog‘lig‘i harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan
ozod qilinadilar. Xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga
homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishi munosabati bilan ham jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘tash
vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar, shuningdek
ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsalar, jazoni
o‘tashdan ozod qilinadilar.
(75-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 
534-moddasi
, 542-moddasining
beshinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
165-moddasi
, “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining


ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
482 — 484-bandlari 
va “Og‘ir kasallikka
chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod
qilishga taqdim etish” 
qoidalari 
(ro‘yxat raqami: 1854, 09.09.2008-y.).

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin