Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

86-modda. Jazo tayinlash
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal
qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini,
sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning
shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining 
XI bobi
 (“Jazo tayinlash”).
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p


muddati o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki
yilgacha tayinlanadi.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga
nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha
muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha
muddatga tayinlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga
nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining
muddati o‘n besh yildan oshmasligi kerak.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari
jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning 
72-moddasida
nazarda tutilgan asos va shartlar
mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 

va 
10-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin