Umumiy qoidalar


MAXSUS QISM BIRINChI BO‘LIM



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

MAXSUS QISM
BIRINChI BO‘LIM
ShAXSGA QARShI JINOYATLAR
I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar
97-modda. Qasddan odam o‘ldirish
Qasddan odam o‘ldirish —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni;
v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin
qarindoshlarini;
d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda;
e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
j) o‘ta shafqatsizlik bilan;
z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan
bog‘liq holda;
i) tamagirlik niyatida;
k) milliy yoki irqiy adovat zamirida;


l) bezorilik oqibatida;
m) diniy taassublar zamirida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish
maqsadida;
(97-modda ikkinchi qismining “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-
son)
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh
manfaatlarini ko‘zlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan
mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-
sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli
tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi
haqida”gi qarorining 
8
va 
9-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-
noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni
buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
12-bandi
.
(97-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin