Yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan
bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda
amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga
nisbatan tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy
davolanish ijtimoiy xavfliligi ko‘proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan
reabilitatsiya choralari ko‘rilishini talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan
shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish o‘ta
ijtimoiy
xavfli bo‘lgan yoki o‘z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur
davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga
yo‘l qo‘yadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ruhiy holati
buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan
holda saqlanadi va qo‘riqlanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida
hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya
kuzatuvida bo‘lish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan
tarzda ruhiy holati buzilgan,
jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining)
ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan
tayinlanishi mumkin.
(94-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
181-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
5-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: