Umumiy qoidalar


-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish
Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq
bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish
o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz
qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(109-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
52-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan
muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan
muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish ushbu
Kodeksning 
126 -moddasida 
nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa —
(109-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi
O‘RQ-829-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(109-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli
“Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
13-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy
usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin