22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
131-modda. Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(131-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(131-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar bir guruh
shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(131-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning
135
yoki
137-moddalarida
nazarda
tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1 1 1 1
(131-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang.