turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy
qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish, shunday qilmish uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi
bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga
alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan, lekin
shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni
tilanchilik qilishga jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
(127 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi
O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567/3737-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(127 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
v) boshqa shaxsni giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni
iste’mol qilishga majburlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(127 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: