126-modda. Ko‘p xotinli bo‘lish
Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin
bo‘lib yashash —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(126-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
126 -modda. Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish,
sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-
mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar
sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash,
ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari
mavjud bo‘lmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima
yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning
qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga
yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, o‘sha harakatlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima
yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan
ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy
mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan
badanga yengil shikast yetkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun
1
3
1
1
xavfli bo‘lmagan va ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarga olib
kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p
bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch
foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, —
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki
yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
to‘rtinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) g‘arazli niyatlarda;
d) diniy taassublar zamirida;
e) bir guruh shaxslar tomonidan;
j) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
97
,
104
va (yoki)
105-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
z) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
i) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan
shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga sodir etilayotgan paytda hayot uchun
xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish
qobiliyatini yo‘qotishga yoxud biron a’zoning ishdan chiqishiga yoki uning funksiyalari tamoman
yo‘qolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki sog‘liqning boshqacha tarzda yomonlashuviga,
umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining yo‘qolishiga yoki
homilaning tushishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa,
—
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
oltinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) g‘arazli niyatlarda;
d) diniy taassublar zamirida;
e) bir guruh shaxslar tomonidan;
j) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
oltinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning
97
va (yoki)
104-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
g) jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(126 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Dostları ilə paylaş: |