Umumiy qoidalar


V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy
ta’minlashdan bo‘yin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni
moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal
qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki
oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u
javobgarlikdan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 116-moddasining 
birinchi qismi 
(“Oila a’zolarining
va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksining
 47 -moddasi
.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
122 -modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini
bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz
qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa yoxud O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan va chet davlat hududida turgan
bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga
qaytarilishini ta’minlamaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan
besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
4
1


a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolaning O‘zbekiston
Respublikasiga qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida ta’minlagan
bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning 
ikkinchi
 va 
uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan hollar, shuningdek ilgari ushbu modda bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilingan
shaxslar mustasno.
(122 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli 
Qonuniga
 asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son — 2023-yil 16-
iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin