22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
117-modda. Xavf ostida qoldirish Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum
bo‘lgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam
berishi shart va bunday imkoniyatga ega bo‘lsa yoxud aybdorning o‘zi jabrlanuvchini xavfli
ahvolga solib qo‘ygan va bu hol badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga olib kelsa,
—
Oldingi tahrirga qarang. uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(117-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(117-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha qilmishlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(117-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26- iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 17 , 18-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga
qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.2-bandi 5.2.2-kichik bandining beshinchi xatboshisi .