22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
155 -modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning
155
,
158
,
159
,
161
,
242
,
245
,
254
,
255
va (yoki)
264-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish
maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan mazkur
jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida
qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan
boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi, shuningdek
terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi
hududi orqali harakatlanishi, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quvdan o‘tish yoki terrorchilik faoliyatida
ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali
harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini
amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning
155
,
158
,
159
,
161
,
242
,
245
,
254
,
255
va (yoki)
264-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi
uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi
to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga
yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki o‘quvni amalga oshirgan,
tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni
2
3
1
1 1 1 2 1
2 1
aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud
bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
(155 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang.