Umumiy qoidalar


IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
157-modda. Davlatga xoinlik qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik,
chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam
ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga,
xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir
etilgan qilmish —
(157-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(157-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 
1

10-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-maydagi 849-XII-son “Davlat sirlarini
saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida”gi qarori 
2-bandi
.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan
davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi o‘zining bunday hamkorligi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar
yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, o‘z qilmishi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning
natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa,
jazodan ozod qilinadi.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin