160-modda. Josuslik Oldingi tahrirga qarang. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni
chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek
yetkazish maqsadida qo‘lga kiritishi, yig‘ishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining
topshirig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa
ma’lumotlarni yetkazishi yoki yig‘ishi —
(160-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(160-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 10- moddasi . Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, o‘ziga yuklatilgan
topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda o‘z ixtiyori bilan
hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
O‘zining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan va qilmishi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga ma’lum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat
uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod
qilinadi.
161-modda. Qo‘poruvchilik Qo‘poruvchilik, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-
siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib
yuborish, ularning sog‘lig‘iga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan
harakatlar —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(161-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandi 5.4.3-kichik bandining beshinchi xatboshisi .